Jamiyat | 19:06 / 18.07.2017
5279
2 daqiqa o‘qiladi

Germaniyada 600 mingga yaqin ish o‘rni yo‘q bo‘lib ketishi mumkin

Germaniyaning iqtisodiy tadqiqotlar instituti hisobotiga ko‘ra, agarda ichki o‘t olish dvigateliga ega avtomobillar 2030 yildan boshlab sotilmay qo‘yilsa, bu nemis avtomobil sanoatiga jiddiy zarba bo‘lib tushadi. Ushbu holat tufayli 620 ming ish o‘rni qisqartirilishi mumkin, shu bilan birga, ulardan 460 minggi – avtomobil sanoatining o‘zida.

Shu tariqa, nemis sanoatidagi barcha ish o‘rinlarining 10 foizi tahdid ostida qoladi. Hisobotga ko‘ra, butun nemis sanoatining 13 foizi ichki o‘t olish dvigateliga bog‘langan, bu 48 mlrd yevrolik summaga teng. Biroq, tadqiqotchilarning tan olishicha, salbiy effekt elektromobillar ishlab chiqarish va u bilan bog‘liq bo‘lgan sohalarda ish o‘rinlarining ortishi tufayli deyarli sezilmaydi.

Turli davlatlar ichki o‘t olish dvigatellarini taqiqlash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Germaniya bunday taqiqni 2030 yildan kiritishni mo‘ljallamoqda. Shuningdek, Fransiya, Norvegiya, Niderlandiya hamda YeIning boshqa mamlakatlarida ham bunday choralar tayyorlanmoqda.

Mavzuga oid