Xitoyda shaxsiy ma'lumotlarni o‘g‘irlash ishi bo‘yicha 5 mingga yaqin kishi ushlandi

Foto: AP
Xitoy huquq-tartibot idoralari so‘nggi 4 oy mobaynida internet tarmog‘i orqali fuqarolarning shaxsiy ma'lumotlarini o‘g‘irlaganlikda gumon qilib 4800 kishini hibsga oldi. Bu haqda XXR jamoat xavfsizligi vazirligi xabar tarqatgan.
Vazirlik bayonotida ta'kidlanishicha, oxirgi yillarda internet texnologiyalarining katta sur'atlarda rivojlanayotgani sababli an'anaviy jinoyatlar butunjahon axborot tarmog‘i uzra ham faolroq tarqalmoqda. Shaxsiy va boshqa ma'lumotlarni, ularni keyinchalik firibgarlik va tovlamachilik uchun foydalanish maqsadida o‘g‘irlash holatlari ko‘paydi.
So‘nggi 4 oyda mamlakat bo‘ylab o‘tkazilgan maxsus amaliyotlarda 1800 dan ortiq xakerlik va shaxsiy ma'lumotlarni o‘g‘irlash bilan bog‘liq jinoiy ish fosh etilgan.
XXR jamoat xavfsizligi vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, yirik va jamoat tashkilotlari vakillarining ma'lumotlarni taqdim etish hollari tobora ko‘proq uchramoqda. Ular ma'lumotlarni noqonuniy tarzda egallab olib, uni qiziqish bildirgan tomonga sotadi. Shuningdek, bevosita internet-provayderlardan ma'lumotlarni o‘g‘irllash holatlari ham kuzatilgan.
Mavzuga oid

22:56 / 23.05.2025
Xitoylik taykonavtlar ochiq kosmosda 8 soatlik missiyani amalga oshirdi

19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi

16:44 / 22.05.2025
Xitoyda o‘g‘irlangan iPhone «qabristoni» topildi

07:39 / 22.05.2025