Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Inha universitetiga kirish imtihonlari jarayonini onlayn kuzatish imkoniyati taqdim etilmoqda

Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT) 2017 yilning 20–21 iyul kunlari bo‘lib o‘tadigan kirish imtihonlarni jonli kuzatishni istaganlar uchun imkoniyat yaratib, jarayonlarni real vaqt (onlayn) rejimida namoyish etishni boshladi, deb xabar bermoqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi axborot xizmati.
Xabarga ko‘ra, universitet bu yil ham kirish imtihonlarining video-strimingini tashkil etdi. Barcha xohlovchilar kirish imtihonlari jarayonlarini live.inha.uz havolasi (Tas-IX) orqali, shuningdek, universitetning Facebook’dagi rasmiy sahifasi orqali onlayn kuzatishlari mumkin.
Kirish imtihonlari o‘tkazilishi mo‘ljallangan «O‘zko‘rgazmasavdo» binosida veb-kameralar o‘rnatilgan, ular vositasida kirish imtihonlarining barcha jarayonlari onlayn tarzda olib ko‘rsatiladi.
Qayd etish joizki, o‘tgan yili bo‘lgani kabi bu yil ham kirish imtihonlari jarayonlarining shaffofligi va ochiqligiga ishonch hosil qilishlari uchun IUT mazkur jarayonlarga ommaviy axborot vositalari vakillarini ham taklif qildi.
Eslatib o‘tamiz, 2016 yili IUT O‘zbekistonda ilk marotaba keng jamoatchilik uchun universitetning Facebook’dagi rasmiy sahifasi hamda maxsus sahifa orqali kirish imtihonlarining video-strimingini tashkil etgan edi.
Mavzuga oid

10:04
Oliygohlarga kirish imtihonlari boshlandi

15:45 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi

08:09 / 07.07.2025
Ixtisoslashtirilgan maktablarning kirish imtihonlari 3 smenada bo‘lib o‘tadi

12:20 / 01.07.2025