O‘z tog‘asidan qariyb 7 mln so‘mlik buyumlarni o‘margan qiz ushlandi
2017 yil 16 iyul kuni Boyovut tumani IIBga Boyovut tumani, Navro‘z MFY, Bog‘iston ko‘chasida yashovchi, Xolmurod Amanov (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) murojaat qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz’ga Sirdaryo viloyati IIB.
Amanov o‘z arizasida 2017 yil 02 iyuldan 03 iyulga o‘tar kechasi noma'lum shaxs uyiga hech kim yo‘qligidan foydalanib kirib, yotoqxonasidagi javondan 1 dona narxi 1.650.000 so‘mlik tilla nikoh uzugini, 1 dona narxi 900.000 so‘mlik tilla nikoh uzugini, 1 dona narxi 900.000 so‘mlik qora ko‘zli tilla uzugini, 1 dona narxi 1.200.000 so‘mlik oq ko‘zli tilla uzugini va narxi 2.100.000 so‘mlik tilla zanjirini o‘g‘irlab, jami 6.750.000 so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazganligini ma'lum qilgan.
Boyovut tumani IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida mazkur jinoyatni arizachining jiyani Madina Salimova sodir etilganligi aniqlanib, daliliy ashyolar olingan.
Mavzuga oid

23:34 / 22.05.2025
Angrenda 4 nafar maktab o‘quvchisi bitiruv kechasiga pul topish maqsadida o‘g‘rilik sodir etdi

22:52 / 20.05.2025
Sirdaryoda 14 yoshli o‘smir kanalga cho‘kib ketdi

16:41 / 15.05.2025
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston Sirdaryo uchun suv taqsimoti rejimlarini tasdiqladi

08:31 / 09.05.2025