Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shomurodov debyut qilgan uchrashuvda «Rostov» ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi
Rossiya chempionatining 3-turidan o‘rin olgan yana bir uchrashuv nihoyasiga yetdi. Unda «Amkar» klubi «Rostov»ni qabul qildi.
Uchrashuvning 66-daqiqasida mehmonlar vakili Zuyev tomonidan kiritilgan yagona gol «Rostov»ga g‘alaba keltirdi. Bu jamoaning bu mavsumdagi ilk g‘alabasi bo‘ldi.
Ahamiyatli tomoni uchrashuvning 88-daqiqasida «Rostov» tarkibida O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov zaxiradan maydonga tushdi. Shomurodovning Rossiya chempionatidagi debyutiyoq samarali chiqishi mumkin edi. Uchrashuvga hakam tomonidan qo‘shib berilgan 2-daqiqada Shomurodov qarshi hujumda jamoadoshi Karen Bayramyanni darvozabon bilan deyarli yakkama-yakka vaziyatga olib chiqqandi. Biroq Bayramyanning zarbasi noaniq chiqdi.
Ushbu g‘alabadan keyin «Rostov» hisobidagi ochkolar soni 4taga yetdi va jamoa 8-o‘ringa ko‘tarilib oldi. «Amkar» esa ketma-ket uchinchi uchrashuvda ham yutqazib so‘nggi o‘rinlarda qolmoqda.
RFPL, 3-tur
Amkar – Rostov 0:1 (0:0)
Gol: Zuyev (66).
Amkar: Nigmatullin, Sivakov, Konde, Milkovich, Idovu, Ryazantsev, Gigolayev (Balanovich, 74), Gol, Komolov (Kostyukov, 69), Bodul (Gasilin, 80), Prokofev.
Rostov: Pesyakov, Parshivlyuk, Vilyush, Ingason, Ustinov, Zuyev (Bayramyan, 67), Gatskan, Kalachev (Mayer, 76), Yusupov, Mevlya, Dyadyun (Eldor Shomurodov, 88).
Ogohlantirishlar: Yusupov (81), Gol (90+2).
Mavzuga oid

11:12 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi

18:58 / 21.06.2025
Eldor Shomurodov atrofidagi mish-mishlar. U yozda «Roma»ni tark etadimi?

20:54 / 10.06.2025
O‘zbekiston JCh saralashini Qatar ustidan yirik g‘alaba bilan yakunladi

20:01 / 09.06.2025