Eron: AQShning Raqqaga zarbalari terrorchilarga yordam bermoqda

Foto: Sputnik / Moxammed Maaruf
Eronning Oliy xavfsizlik kengashi raisi Ali Shamxaniyning aytishicha, AQSh boshchiligidagi koalitsiyaning Suriyaning Raqqa shahriga berayotgan aviazarbalari hududdagi xavfsizlik darajasini kamaytirmoqda va terrorchilikni mustahkamlamoqda. Bu haqda Press TV telekanali xabar bermoqda.
5 avgustda Suriyaning SANA axborot agentligi Qizil Yarimoy jamiyatining mahalliy bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosariga iqtibos keltirgan holda xalqaro koalitsiya Raqqadagi shifoxonaga fosfor bombalari bilan zarba berganini ma'lum qilgan.
Shamxaniy Suriya bosh vaziri Imad Xamis bilan Tehrondagi uchrashuvda Vashingtonni inson huquqlarini buzishda aybladi va koalitsiya mamlakatda Suriya hukumati roziligisiz yoki BMT mandatisiz harakat qilayotganini ta'kidlab o‘tdi.
"G‘arb davlatlari va AQSh terrorchilik unsurlariga qarshi kurashish o‘rniga terrorchilikni mustahkamlash va mintaqada xavfsizlik darajasini kamaytirish yo‘nalishidagi shubhali choralarni ko‘rmoqda", deb aytgan Shamxaniy.
Xalqaro koalitsiya Suriyada fosfor o‘q-dorilarini xalqaro me'yorlarga ko‘ra va tinch aholiga nisbatan ehtiyot choralarini ko‘rgan holda qo‘llayotganini aytgan. Fosfor bombalari qo‘llanishini Human Rights Watch xalqaro huquqni himoya qilish tashkiloti ham tanqid qilib chiqqan.
Mavzuga oid

22:17 / 24.05.2025
Tramp AQSh endi «demokratiyani kuch bilan o‘rnatmaydi» deb va’da berdi

22:00 / 24.05.2025
Ilon Mask nega siyosatdan uzoqlashishga qaror qilgani ma’lum bo‘ldi

20:02 / 24.05.2025
G7 sammiti va Trampning bojlari: muzokaralarda aniq natijalar ko‘rinmadi

16:19 / 24.05.2025