NASA olimlari Yerga asteroid yaqinlashganda sayyoraning himoya tizimini tekshirib ko‘rmoqchi

Kuzda Yerga asteriod bo‘lagi yaqinlashib kelishi kutilmoqda, deb xabar beradi NASA kuzatuvchilari.
Bu holat unchalik qo‘rqinchli va tashvishga sabab bo‘luvchi emas, qaytanga, agentlik sayyoraning himoya tizimini nechog‘li samarali ishlashini tekshirib olish imkoniyati paydo bo‘lganidan xursand bo‘lmoqda.
2012 TS4 asteroidi Yerga yaqinlashib kelish sanasi taxminan 12 oktabr kuniga to‘g‘ri keladi. NASA olimlarining ta'kidlashicha, u Yer yuzasidan 6,800 km uzoqlikdagi chegaradan o‘tmaydi. Shunga qaramay, mutaxassislar uning fazodagi aniq harakatlanish chizig‘ini aytib bera olmaydi, so‘nggi marta olimlar asteroidni 2012 yili kuzatishgan edi.
NASA tadqiqot markazidagi kuzatish maydonlarida oyiga yuzlab bunday mayda fazo bo‘laklarining harakatlanishi va Yerga yaqinlashuvi kuzatiladi.
Mavzuga oid

14:20 / 14.05.2025
Bog‘otdagi hodisa: aslida nima bo‘lgan?

09:41 / 14.05.2025
Xorazmdagi uylardan biriga asteroid tushgani rad qilindi

23:01 / 22.04.2025
NASA zondi noodatiy shaklga ega asteroid suratlarini uzatdi

18:18 / 03.04.2025