Bosfor porti kemalar qatnovi uchun ochildi

Foto: RIA "Novosti"
Bir qancha vaqt muqaddam kemalarning o‘tishi uchun yopib qo‘yilgan Bosfor porti yana ochildi. Bu vaqt davomida qidiruv ishlari o‘tkazilgan, deb xabar bermoqda Turkiya transport, kemachilik va aloqa vazirligi matbuot kotibi Turon O‘zyoniq.
«Bosfor porti kemalar qatnovi uchun ochildi. Iyulda cho‘kib ketgan o‘smirning jasadini qidirish bo‘yicha amaliyotda qatnashgan kemalar portni tark etmoqda», - deya matbuot kotibining so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.
Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘smirning jasadini qidirish ishlari hech qanday natija bermadi, ular davom ettiriladi, biroq Bosfor boshqa yopilmaydi.
Avvalroq Bosfor portida favqulodda holat e'lon qilingani xabar berilgandi.
Mavzuga oid

17:01
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi

15:49
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi

21:12 / 23.05.2025
Turkiyada 2016 yilgi davlat to‘ntarishiga aloqador o‘nlab harbiylar hibsga olindi

20:30 / 17.05.2025