Kim Chen In harbiylarga Guamga istalgan vaqtda zarba berishga tayyor turish haqida buyruq bergan

Foto: AP
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In harbiylarga AQSh hududiga istalgan vaqtda zarba berishga tayyor turish haqida buyruq bergan, deb xabar qilmoqda Reuters.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar xavfli harbiy mojarodan qochish uchun to‘g‘ri tanlovni amalga oshirishi lozim.
Shuningdek, Kim Chen In Koreya xalq armiyasi zobitlari bilan Amerikaning Guamdagi bazasiga zarba berish bo‘yicha rejalarni muhokama qilgan.
«AQSh... to‘g‘ri qarorni qabul qilishi kerak hamda ular Koreya yarim orolida keskinlikni kamaytirish va xavfli harbiy to‘qnashuvning oldini olish istagida ekanliklarini ma'lum harakatlar orqali ko‘rsatib berishi darkor», - degan u.
Avvalroq AQSh davlat kotibi Reks Tillerson va Pentagon rahbari Jyeyms Mettis Vashington Pxenyan bilan muloqot o‘tkazishga tayyor ekani haqida yozishgandi.
Mavzuga oid

22:08 / 07.06.2025
Ilon Mask AQSh prezidenti bilan ziddiyat ortidan yangi partiya tuzishni taklif qildi

20:05 / 07.06.2025
AQSh startapi bo‘lajak farzandning ko‘z rangi, bo‘yi va aql darajasini tanlashni taklif qildi

19:30 / 07.06.2025
Mask Trampni obro‘sizlantiruvchi postini o‘chirib tashladi

16:03 / 07.06.2025