Axborot texnologiyalari vazirligining harbiy xizmatchilari sug‘urtalanadi

Vazirlar Mahkamasining 26.01.1994 yildagi 38-son “Harbiy xizmatchilar va harbiymajburiyatli shaxslarning, oddiy askarlar hamda boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarning davlat majburiy shaxsiy sug‘urtasi to‘g‘risida”gi qaroriga qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.
Endilikda ushbu hujjatning amal qilishi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining harbiylashtirilgan bo‘limlariga ham tatbiq etiladi. Sug‘urtalash vazirlikka byudjyetdan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi. Sug‘urta shartnomasi “O‘zbekinvest” EIMSK bilan tuziladi. Vazirlar Mahkamasining 11.08.2017 yildagi 611-son qarori bilan tegishli tuzatishlar kiritilgan.
Ma'lumot uchun: sug‘urta summasi quyidagi hollarda to‘lanadi:
• sug‘urtalangan shaxs xizmatni o‘tash (harbiy yig‘inlar) davrida halok bo‘lganda yoki xizmat (harbiy yig‘inlar)dan bo‘shagandan so‘ng bir 1 yil mobaynida olingan jarohat(kontuziya), kasallanish natijasida vafot etganda - uning merosxo‘rlariga (merosxo‘rlik huquqini tasdiqlaydigan guvohnoma taqdim etilgan taqdirda);
• sug‘urtalanagan shaxs xizmatdan bo‘shagandan keyin 1 yil mobaynida unga xizmatni o‘tash (harbiy yig‘inlar) bilan bog‘liq bo‘lgan nogironlik belgilanganda;
• sug‘urtalangan shaxs xizmatni o‘tash (harbiy yig‘inlar) davrida og‘ir jarohatlanganda.
Mavzuga oid

17:12 / 26.05.2025
«O‘zbekiston qayta sug‘urta kompaniyasi» tashkil etiladi

08:32 / 17.04.2025
Hindiston va O‘zbekiston harbiylari ishtirokida o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi

13:00 / 09.04.2025
Lloyd’s of London O‘zbekiston sug‘urta bozorini rivojlantirishga ko‘maklashadi

15:16 / 06.03.2025