O‘zbekistonlik urush faxriylari Umra ibodatini ado etishdi

Foto: ziyo.uz
O‘zbekistonlik Ikkinchi jahon urushi faxriylari haj ziyoratini amalga oshirish uchun Saudiya Arabistonining Makkai mukarrama shahriga sog‘-salomat yetib kelishdi.
Faxriylar ishchi guruh va guruhboshilar hamrohligida tashkiliy ravishda maxsus avtobuslarda Ka'bai muazzamaga yo‘l olishdi. Ularning salomatliklarini muntazam nazorat qilib borish maqsadida shifokorlar guruhi ham faxriylarga hamrohlik qilishdi. Masjidul Haramga yetib kelgan o‘zbekistonlik ziyoratchilarning barchalari Umra ibodatini mukammal ado etishdi.
Faxriylar o‘z ibodatlarini amalga oshirar ekan, xalqimiz farovonligi, yurtimiz osmoni hamisha musaffo bo‘lishi, mana shunday sharoitlarni yaratib bergan Prezident Shavkat Mirziyoyev haqiga duo qilishdi.
Mavzuga oid

20:45 / 01.05.2025
O‘zbekistonda II jahon urushi qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan faxriylar soni ma’lum qilindi

20:36 / 19.02.2025
Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 80 yilligi hamda «Xotira va qadrlash kuni» keng miqyosda nishonlanadi

19:49 / 19.02.2025
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga 10 ming dollardan mukofot puli beriladi

09:56 / 08.10.2023