Jahon chempionati. Bugun o‘zbekistonlik 5 nafar bokschi ringga chiqadi
Bugun, 27 avgust kuni Germaniyaning Hamburg shahrida boks dunyosining 2017 yilgi eng nufuzli musobaqasida uchinchi kun janglari bo‘lib o‘tadi. Bugungi janglarda O‘zbekiston terma jamoasining yana 5 nafar vakili ringga chiqadi. Barcha bahslar UzReport telekanali tomonidan translyatsiya qilinadi.
-56 kg: Murodjon Ahmadaliyev (O‘zbekiston) - Qayrat Yeraliyev (Qozog‘iston) (soat 18:25)
-64 kg: Iqboljon Xoldorov (O‘zbekiston) - Jon Guterres (Kolumbiya) (soat 19:15)
-91 kg: Sanjar Tursunov (O‘zbekiston) – Yara Peralta (Argentina) (soat 20:15)
-49 kg: Hasanboy Do‘smatov (O‘zbekiston) - Robinson Rodriges (Kosta Rika) (soat 22:15)
-75 kg: Isroil Madrimov (O‘zbekiston) - Aziz Ochilov (Turkmaniston) (soat 23:15).
Musobaqaning birinchi va ikkinchi kunlarida ikki o‘zbekistonlik birinchi janglarini o‘tkazdi. Dastlab 25 avgust kuni -91 kilogramm vazn toifasidagi Sanjar Tursunov nikaragualik Jyeffri Gonsalesga qarshi ringga ko‘tarildi va 5:0 hisobidagi g‘alabaga erishdi. U ishtirokini 1-bosqichdan boshlagandi.
26 avgust kuni esa -52 vazn toifasida Osiyo chempionligini qo‘lga kiritgan holda Germaniyaga kelgan Jasurbek Latipov Puerto-Riko vakili Yankiel Riverani 5:0 hisobida mag‘lub etdi.
Mavzuga oid

23:27 / 23.05.2025
Hamburg markaziy vokzalida ayol kishi pichoq bilan odamlarga hujum qildi. Kamida 12 kishi jarohat oldi

20:44 / 09.03.2025
Hamburg aeroporti ish tashlashlar sabab butunlay faoliyatini to‘xtatib qo‘ydi

10:57 / 17.01.2025
Hamburgda 16 mingdan ortiq kishi GuMga qarshi namoyishga chiqdi

17:22 / 23.12.2024