Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
CNN jurnalisti jonli efirda bir kishini qutqarib qoldi

Foto: Shutterstock
CNN telekanali muxbiri Dryu Griffin Texasda «Harvi» dovuli oqibatlarini yoritish chog‘ida suv ostida qolgan avtomobildan bir insonni qutqarib qoldi.
Griffin to‘g‘ridan-to‘g‘ri reportajni olib borayotgan paytida, uning ortida ichida haydovchi bo‘lgan avtomobil suv bilan to‘la bo‘lgan chuqurga tushib ketgan.
«Chiq, oshna!» - degan teleboshlovchi va erkakka mashinadan chiqib olishga yordam bergan.
Griffinga prodyuser Brayan Rokus ham ko‘maklashgan.
Ta'kidlanishicha, erkakka tegishli bo‘lgan pikap suvga g‘arq bo‘lgan. U suratga olish guruhiga yordam uchun minnatdorchilik bildirdi.
Avvalroq Di Kaprio «Harvi»dan jabrlanganlarga 1 mln dollar xayriya qilgani xabar berildi.
Mavzuga oid

14:00 / 08.07.2025
Texasdagi suv toshqini qurbonlari soni 104 kishiga yetdi

14:36 / 07.07.2025
Texasda suv toshqini qurbonlari soni 78 kishiga yetdi

13:50 / 06.07.2025
Texasda kuchli suv toshqini oqibatlari - fotosuratlar

17:44 / 05.07.2025