O‘zbekiston Yevropaga meva va sabzavotlar yetkazib beradi
Latviya poytaxti Riga shahrida joriy yilning 28-30 avgust kunlari Latviya-O‘zbekiston mamlakatlari o‘rtasida biznes forum o‘tkazildi.
Ushbu forum doirasida «O‘zbekoziqovqatxolding» XK vakillari tomonidan oziq-ovqat sohasida bir nechta yo‘nalishlar bo‘yicha muzokaralar olib borildi.
«O‘zbekoziqovqatxolding» matbuot xizmati «Kun.uz»ga xabar qilishicha, bu muzokaralar natijasiga ko‘ra, Riga shahrida O‘zbekiston -Latviya savdo uyi ochilishiga kelishib olindi. Shuningdek, Yevropaning barcha mamlakatlari, Skandinaviya va Boltiqbo‘yi davlatlariga O‘zbekistondan keltirilgan oziq-ovqat mahsulotlarni saqlab va yetkazib beruvchi logistika markazi «hab» ishga tushiriladi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad Yevropa mamlakatlari savdo pesh-taxtalarini O‘zbekistonning sarxil mevalari va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlashdir.
Muzokaralar davomida shuningdek, Jizzax viloyatida qattiq turdagi pishloq mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonani ochish bo‘yicha memorandum imzolangan.
Mavzuga oid

13:50 / 20.09.2024
Rigada musodara qilingan «Moskva uyi»ga xaridor topilmadi

12:23 / 30.10.2023
Riga shahrida O‘zbekistonning faxriy konsulligi ochildi

09:23 / 24.08.2022
Riga porti «O‘zbekiston temir yo‘llari» bilan hamkorlikni kengaytiradi

15:14 / 03.11.2021