Jahon | 10:33 / 03.09.2017
12613
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada malika Mako unashtirilgani rasman e'lon qilindi

Yaponiya imperatorlik saroyi boshqarmasi Yaponiya imperatori Akixitoning nabirasi malika Makoning sobiq kursdoshi Key Komuro bilan unashtirilganini rasman e'lon qildi. Bu haqda “Mayniti” nashri xabar bermoqda.   

Unashtiruv e'lon qilinishi oldidan imperator malika Mako va Komuroning nikohini ma'qullagan marosim o‘tkazildi. Malika oddiy fuqaro bilan nikoh qurayotgani sababli u barcha imperatorlik unvonlaridan mahrum bo‘ladi.

Kuyov malikaning sobiq kursdoshi bo‘lib, ular Xalqaro nasroniy universitetda birga o‘qishgan. Komuro ayni vaqtda Tokiodagi yuridik firmada ishlaydi.

Foto: mainichi.jp

Mavzuga oid