AQShda politsiyachi fotokamerani qurol deb o‘ylab fotomuxbirni o‘qqa tutdi
AQShda politsiyachi fotomuxbirning fotokamerasini qurol deb o‘ylab, unga qarata o‘q uzdi. Voqea Ohayo shtatining Nyu-Karlayl shahrida yuz bergan. Bu haqda New York Daily News nashri xabar bermoqda.
OAV ma'lumotlariga ko‘ra, jurnalist shahar uzra o‘tayotgan momaqaldiroq frontini suratga olmoqchi bo‘lgan. U shtativni qo‘yib, fotoapparatini sozlayotganda birdaniga o‘q tovushlarini eshitgan.
Uning aytishicha, unga qarata mahalliy sherif yordamchisi ogohlantirishsiz o‘q uzgan. Politsiyachi aybini anglagach, jurnalistga yordam berishga otilgan. “Men uning qo‘lida qurol bor deb o‘ylagandim”, deb o‘z harakatlariga tushuntirish bergan politsiyachi.
Jurnalist yelkasidan yaralangan holda shifoxonaga yetkazilgan. Ta'kidlanishicha, uning hayotiga hech qanday xavf yo‘q.
Mavzuga oid

16:03
AQSh sudi Harvard xalqaro talabalari uchun viza cheklovini vaqtincha to‘xtatdi

13:44
AQSh Ta’lim vazirligi Kolumbiya universiteti akkreditatsiyasini bekor qildi

11:52
YeI va BMT AQShni XJC sudyalariga qarshi sanksiyalarni bekor qilishga chaqirdi

09:41