Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
GM Uzbekistan avtomobillari narxini so‘mga o‘tkazdi

GM Uzbekistan AJ o‘zi ishlab chiqarayotgan avtomobillarini O‘zbekiston hududida to‘liq milliy valyutada sota boshlaydi. Kompaniya rahbariyati O‘zbekiston Prezidentining «Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birlamchi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-5177 sonli farmoni ijrosi yuzasidan shunday qaror qabul qilgan. Kompaniya o‘z saytida shu haqda ma'lum qilmoqda.
Avtomobil narxlari 2017 yil 4 sentabrgacha Markaziy bankning dollarga nisbatan kursi bo‘yicha belgilangan qiymati mutanosib ravishda qayd qilingan. 5 sentabrdan Markaziy bank tomonidan dollar kursi 8100 so‘mligi e'tiborga olinsa, avtomobillarning dollardagi qiymati tushganiga guvoh bo‘lish mumkin.
Endilikda,
Spark LT A/T rusumli avtomobil narxi 9.143,73 AQSh dollariga teng.
Nexia 3 LTZ A/T - 10.614,76 (AQSh dollari);
Cobalt LTZ A/T 11.997,93; Lacetti CDX A/T 15.247,70;
Orlando LTZ A/T 16.816,97;
Malibu 2 LT A/T 28.571,64
va Captiva LT A/T 28.377,76 AQSh dollariga teng.

Mavzuga oid

16:30 / 08.11.2019
«Har qanday imtiyoz muddatli bo‘lishi kerak» - Qo‘mita mutasaddisi GM’ga berilgan imtiyozlar haqida

19:00 / 24.09.2019
«O‘zavtosanoat» maqsadi 100 ming avtomobil eksport qilish – Shavkat Umurzoqov

17:36 / 24.09.2019
UzAuto yangi modellari GM bilan bir xil vaqtda ishlab chiqiladi – Shavkat Umurzoqov

09:20 / 03.07.2019