Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Texasda «Harvi» qurbonlari soni 60 kishiga yetdi

Foto: Reuters
AQShning Texas shtatida «Harvi» dovuli oqibatlari tufayli kamida 60 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Associated Press hukumat ma'lumotlariga asosan xabar qilmoqda.
Qurbon bo‘lgan fuqarolar hammasi bo‘lib 11 okrugdan ekani aytilmoqda. Fojiali hodisalarga asosan YTH va yo‘llardagi suv darajasining keskin ko‘tarilishi sabab bo‘lgan.
Eng ko‘p qurbonlar Hyuston shahri va unga yaqin hududlardan – so‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra 30 kishi halok bo‘lgan.
«Harvi» dovuli shtatga 25 avgust kuni yopirildi.
Avvalroq dovul qurbonlari soni 44 kishiga yetgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid

14:00 / 08.07.2025
Texasdagi suv toshqini qurbonlari soni 104 kishiga yetdi

14:36 / 07.07.2025
Texasda suv toshqini qurbonlari soni 78 kishiga yetdi

13:50 / 06.07.2025
Texasda kuchli suv toshqini oqibatlari - fotosuratlar

17:44 / 05.07.2025