Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Caviar mashhur Nokia 3310 telefonining oltindan yasalgan namunasini namoyish qildi
Caviar zargarlik brendi yana bir marotaba eng oddiy buyum ham dabdabali ko‘rinishi mumkinligini isbotladi. Caviar haqiqiy tilla bilan qoplangan Nokia 3310 telefonini namoyish qildi. Qora rangli telefon oltin tugmachalarga ega. Bundan tashqari, telefon korpusi titandan yasalgan.
Nokia telefonining oltindan yasalgan namunasi yangi keng qamrovli Toreso loyihasining bir qismi hisoblanadi. U Rossiya milliy boyligiga bag‘ishlangan. Eslatib o‘tamiz, bundan avval, zargarlik brendi Ozarboyjon, Armaniston, Qozog‘iston va Italiyaga bag‘ishlangan telefonlarni ishlab chiqargan edi.
Oltin Nokia 3310 telefonini xarid qilishni istaganlar 2 ming AQSh dollarining bahridan o‘tishlari kerak bo‘ladi. Brend esa, yana yarim yildan so‘ng, Putin Inspired 3310 telefonini savdoga chiqarishini ma'lum qildi. Uning narxi 3 ming dollar bo‘ladi.
Mavzuga oid

13:43 / 07.07.2025
Salkam 900 mln so‘mlik noqonuniy zargarlik buyumlari savdosi fosh etildi

13:44 / 02.07.2025
Zargarlik sohasini qo‘llab-quvvatlashga 100 mlrd so‘m ajratiladi

16:32 / 30.06.2025
YaTTlarga zargarlik buyumlarini sotishga ruxsat beriladi

16:18 / 30.06.2025