Qirg‘iziston hukumati qasamyod qabul qildi

Foto: aa.com.tr
Qirg‘izistonda Sapar Isoqov boshchiligidagi koalitsion hukumat qasamyod qabul qildi hamda o‘z vazifalarini bajarishga kirishdi.
Marosim Qirg‘iziston parlamentida prezident Almazbek Atamboyev ishtirokida bo‘lib o‘tdi.
Ikki hafta avval parlament Qirg‘izistonning yangi hukumatiga ishonch bildirgandi.
Yangi bosh vazir koalitsion hukumat tuzilmasi va dasturiga hech qanday o‘zgartirishlar kiritmadi.
Sapar Isoqov Qirg‘izistonning 28-bosh vaziriga aylandi.
Mamlakat sobiq bosh vaziri Sooronboy Jyenbekov avgust oyi oxirlarida prezidentlik saylovlarida qatnashishi tufayli iste'foga chiqqandi.
Mavzuga oid

15:32 / 05.06.2025
O‘zbekiston–Qirg‘iziston–Xitoy–Mo‘g‘uliston yo‘lagida birinchi marta yuk tashildi

22:17 / 03.06.2025
Qirg‘iziston sobiq prezidenti sirtdan 11,5 yilga hukm qilindi

07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi

16:53 / 23.05.2025