Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeChL. «D» guruhi. Messining tarixiy gollari «Barselona»ning qasos olishiga zamin yaratdi

Foto: Twitter/FCBarcelona
Yevropa chempionlar ligasining 1-turidan o‘rin olgan eng markaziy uchrashuvlardan biri D guruhida bo‘lib o‘tdi. Unda o‘tgan yilgi chorak finalchilar «Barselona» va «Yuventus» yana o‘zaro ro‘baro‘ kelishdi.
«Kamp Nou»da kechgan uchrashuv tarixiy natijaga aylandi. Lionel Messi Buffon darvozasiga ilk marta gol kiritgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda uning o‘zi dublni rasmiylashtirdi. Ivan Rakitichning goli bilan esa hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi va «Barsa» o‘tgan yilgi mag‘lubiyat uchun munosib qasos olishga muvaffaq bo‘ldi.
Guruhning ikkinchi uchrashuvida «Olimpiakos» o‘z uyida «Sporting»ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Birinchi bo‘limdan so‘ng hisob yirik ko‘rinish olgandi. Biroq greklar ikkinchi bo‘limda o‘ziga kelib, hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘lishgandi. Biroq mag‘lubiyatdan qutulib qolish pireyliklarga nasib etmadi.
D Guruhi
Barselona (Ispaniya) – Yuventus (Italiya) 3:0 (1:0)
Gollar: Messi (45, 69), Rakitich (56).
Barselona: ter Stegen, Alba, Pike, Nelson Semedu, Umtiti, Rakitich (Paulino, 77), Inesta (Andre Gomesh, 83), Buskets, Dembele (Serdji Roberto, 71), Suares, Messi.
Yuventus: Buffon, Aleks Sandro, Benatiya, Bardzali, De Shilo (Sturaro, 41), Matyuidi, Bentankur (Bernardeski, 63), Pyanich, Duglas Kosta, Dibala, Iguain (Kaligara, 87).
Ogohlantirishlar: Bentankur (25), Nelson Semedu (35), Messi (54), Bardzali (61), Pyanich (75), Kaligara (89).
Olimpiakos (Gretsiya) – Sporting (Portugaliya) 2:3 (0:3)
Gollar: Pardo (89, 90) – Dumbiya (2), Jyelson Martinsh (13), Fernandesh (43).
Olimpiakos: Kapino, Engels, Figeyrash, Elabdellaui, Jiye, Odjidja-Ofoe, Romao, Fortunis (Zdelar, 46), Karsela-Gonsales (Pardo, 78), Marin, Djurdjyevich (Emenike, 62).
Sporting: Ruy Patrisiu, Koates, Silva, Pichchini, Mate, Fernandesh (Ristovski, 87), Vilyam Karvalyu, Akunya, Battalya, Jyelson Martinsh (Bruno Sezar, 72), Dumbiya (Dost, 63).
Ogohlantirishlar: Romao (23), Figeyrash (47), Battalya (77), Elabdellaui (84), Fernandesh (87), Bruno Sezar (90).
Mavzuga oid

08:50 / 03.07.2025
Barselonada 100 yil ichidagi eng issiq iyun oyi kuzatildi

12:15 / 02.07.2025
«Real»da yangi yulduz porlashda davom etmoqda, Ramos uyga qaytdi

12:27 / 19.06.2025
Alonso «Real»da durang bilan boshladi, «Siti»da oson g‘alaba

10:44 / 26.05.2025