Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeChL. «N» guruhi. «Tottenhem» tavqi la'natdan qutuldi. «Real» yirik hisobda g‘alaba qozondi

Foto: Twitter/ChampionsLeague
Yevropa chempionlar ligasining so‘nggi guruhi «N» guruhida nisbatan kuchliroq jamoalar yig‘ilgani bashorat qilingandi. Birinchi turdagi natijalari buni tasdiqladi.
«Real» guruhdagi birgina autsayder APOELni Ronalduning dubli va Ramosning chiroyli goli evaziga yirik hisobda yenggan bo‘lsa, «Tottenhem» nihoyat «Uembli»da ham yaxshi futbol ko‘rsata olishini isbotlab, «Borussiya»dan ishonchli tarzda ustun keldi. Uchrashuvda Harri Keyn dublga erishganini ta'kidlab o‘tish joiz.
Yevropa chempionlar ligasi, 1-tur
H guruhi
Real Madrid (Ispaniya) – APOEL (Kipr) 3:0 (1:0)
Gollar: Ronaldu (12, 51, penalti), Ramos (61).
Real Madrid: Navas, Nacho, Marselo, Karvaxal, Ramos, Kovachich (Kroos, 25), Kazemiro, Isko (Sebalos, 72), Modrich, Beyl (Mayoral, 82), Ronaldu.
APOEL: Vaterman, Rueda, Lago, Vuros, Karlao, Vinisius, Nunu Moraish, Aloneftis, Shallai (Farias, 60), Ebesilio (Zaxid, 73), de Kamargo (Pote, 83).
Ogohlantirishlar: Karvaxal (52), Shallai (53), Ebesilio (63), Farias (90).
Tottenhem (Angliya) – Borussiya D (Germaniya) 3:1 (2:1)
Gollar: Son Hyong Min (4), Keyn (15, 60) – Yarmolenko (11).
Tottenhem: Loris, Sanches, Vertongen, Devis, Alderveyreld, Dayyer, Dembele, Eriksen, Ore, Keyn (Lorente, 87), Son Hyong Min (Sissoko, 83).
Borussiya D: Byurki, Papastatopulos, Tolyan, Pishchek, Toprak (Zagadu, 80), Kagava (Gyottse, 66), Shaxin, Pulishich, Daud (Kastro, 72), Yarmolenko, Obameyang.
Ogohlantirishlar: Dayyer (36), Vertongen (58), Tolyan (88), Kastro (90).
Chetlatish: Vertongen (90+2, Tottenhem).
Mavzuga oid

11:37 / 29.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?

16:55 / 23.05.2025
«Real» Karlo Anchelotti ketishini e’lon qildi

12:05 / 22.05.2025
«Tottenhem» finalda «MYu»dan ustun keldi va mavsumni qutqarib qoldi

15:13 / 21.05.2025