Sport | 17:24 / 18.09.2017
15133
1 daqiqa o‘qiladi

Alves Kavanidan to‘pni olib qo‘yishini izohladi

«PSJ» himoyachisi Dani Alves Fransiya chempionati doirasida «Lion»ga qarshi kechgan uchrashuv vaqtida Edinson Kavani jarima zarbasini amalga oshirishiga to‘sqinlik qilishi va to‘pni Neymarga berib yuborishi bilan bog‘liq vaziyatga izoh berdi.

«Jarima zarbasini men o‘zim tepmoqchi edim. Shuning uchun to‘pni olgandim, shu vaqtgacha jarimadan ko‘p gollar urganman.

Men o‘zimga ishonaman. Ammo bu muhim emas. Jamoa futbolchidan ustun. Men mas'uliyatni o‘z zimmamga olmoqchi bo‘lgandim, ammo Neymar keldi va to‘pni mendan olib, jarimani u amalga oshirdi.

Yana aytaman, men to‘pni o‘zim tepmoqchi edim, afsuski, niyatimga erisha olmadim», – deya Alvesning so‘zlarini keltirgan As.

«PSJ»da Braziliya va Urugvay ziddiyati boshlandi

Mavzuga oid