Botanika va zoologiya instituti ikkiga ajratildi

Foto: flora-fauna.uz
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika va zoologiya instituti negizida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti tashkil etildi. Bu Prezidentning 4 sentabrdagi qarorida nazarda tutilgan.
Qayd etilishicha, bunday qaror «botanika va zoologiya sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni takomillashtirish va samaradorligini oshirish, respublika o‘simlik va hayvonot olami bioxilma-xilligini saqlash, zamonaviy fan va iqtisodiyot tarmoqlarining talablaridan kelib chiqqan holda botanika va zoologiyaning alohida yo‘nalishlarini rivojlantirish, shuningdek, o‘simlik va hayvonot olamini o‘rganish hamda muhofaza qilish borasidagi maxsus vazifalar yechimini tezlashtirish maqsadida» qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi institutining «G‘o‘za sistematikasi va introduktsiyasi» laboratoriyasi, «G‘o‘za genofondi» noyob obekti va issiqxona kompleksi Botanika instituti tasarrufiga o‘tkazildi.
Ta'kidlanishicha, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi hamda Fan va texnologiyalar agentligi bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining tugatilayotgan Botanika va zoologiya institutining ilmiy-texnik loyihalari, asbob-uskunalari, moddiy boyliklari va boshqa mol-mulklari, jumladan, avtoransport vositalari va yoqilg‘i-moylash materiallari limitlarining inventarizatsiyasini tashkil etib ularni Botanika instituti va Zoologiya institutiga o‘tkazadi.
Mavzuga oid

14:24 / 09.06.2025
O‘zbekiston florasida fan uchun yangi o‘simlik turi kashf etildi

14:52 / 22.05.2025
Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi tasdiqlandi

10:27 / 22.05.2025
Toshkentda YTHning oldini olish uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi

13:54 / 01.05.2025