G‘orda unutib qoldirilgan talaba g‘or devorlaridagi tomchilarni yalab jon saqladi

Foto: pixabay.com
AQShning Indiana shtatida talaba xatolik tufayli uch kunga yegulik va suvsiz g‘orda qoldirib ketildi, deb xabar bermoqda Fox59 sayti.
Blumington shahridan 32 km uzoqlikda joylashgan g‘or bo‘ylab ekskursiya vaqtida 19 yoshli Lukas Kavar guruhdan ortda qolib ketgan. U g‘orga kiraverishga yetib borganda, g‘or og‘zidagi eshiklar qulflab ketilgan bo‘lgan.
Kavar bir necha soat davomida yordamga chaqirgan, biroq hech kim javob bermagan. Uning telefoni ham ishlamagan. Talabaning aytishicha, u 3 kun o‘z-o‘zi bilan gaplashib yurgan hamda tashnalikdan jon bermaslik uchun g‘or devoridagi tomchilarni yalagan.
"Men devorda tomchilarni payqaganimdan keyin, nima qilish kerakligini angladim", deb aytgan talaba.
Lukasning ota-onasi u sms-xabarga javob bermagandan keyin trevoga ko‘tarishgan. Ekskursiyani uyushtirgan g‘orshunoslar klubi a'zolari g‘orga qaytib, Lukasni topishgan.
Mavzuga oid

14:38 / 01.04.2025
Osiyodagi eng chuqur g‘or joylashgan qishloq – Dehibolo | Manzil

15:20 / 14.03.2025
AQShda olti kun mashinada qamalib qolgan ayol kurtkasi yordamida omon qoldi

16:30 / 04.11.2024
15 ta piramida sig‘adi – dunyodagi eng katta g‘or haqida nimalar ma’lum?

10:00 / 16.10.2024