Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Myanma hukumati BMT bosh kotibini mamlakatga taklif etdi

Foto: AP
Myanma hukumati BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishni mamlakatga va Rokhayn shtatiga safar qilishga taklif etdi. Ayni shtatni so‘nggi oyda bir necha yuz ming rohingya musulmonlari tark etishdi. Bu haqda Myanma milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi U Taung Tun ma'lum qilgan.
Guterresh 28 sentabrda zo‘ravonliklar tufayli vatanlarini tark etgan rohingya qochqinlarining Myanmaga qaytish choralarini ko‘rish kerakligi haqida aytgan edi.
“Yangondagi diplomatik korpus vakillari jurnalistlar hamkorligida 2 oktabr kuni Rokhayn shtati shimoliga borishadi. Ular vaziyat bilaan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘lishadi. Men bosh kotib va o‘rinbosariga Myanmaga tashrif buyuri bo‘yicha taklifnoma topshirilganini mamnuniyat bilan ma'lum qilaman. Biz ularni yaqin kunlarda kutib olishga umid qilamiz”, - degan maslahatchi BMT XKning Myanmadagi vaziyatga bag‘ishlangan yiilishida.
Bundan avvalroq, BMT bosh kotibi vakili Stefan Dyujarrik BMTning qator boshqarmalari rahbarlari Rokhayn shtati shimoliga borishi haqida xabar qilgan, ammo keyinchalik bu safar boshqa vaqtga ko‘chirilgani ma'lum qilingan edi.
Mavzuga oid

13:45 / 11.07.2025
BMT: Ukrainada iyunda tinch aholi orasida qurbonlar soni eng yuqori ko‘rsatkichga yetdi

16:54 / 08.07.2025
BMT Bosh Assambleyasi «Tolibon» siyosatini keskin qoralovchi rezolyutsiyani ma’qulladi

15:49 / 07.07.2025
Bolalar soni eng kam bo‘lgan mamlakatlar ma’lum qilindi

18:56 / 04.07.2025