Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fotoreportaj: Prezidentlar O‘zbekiston va Qirg‘iziston sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasida

Foto: O‘zA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atamboyev «O‘zekspomarkaz»da tashkil etilgan O‘zbekiston va Qirg‘iziston sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasi bilan tanishdi.
«Ko‘rgazmada mamlakatlarimiz so‘nggi yillarda iqtisodiyot sohasida erishgan yutuqlar, sanoatning turli tarmoqlarida faoliyat yuritayotgan kompaniyalar mahsulotlari, ilmiy-ishlab chiqarish markazlarining innovatsion loyiha va ishlanmalari namoyish etilmoqda», deyilgan O‘zA xabarida.
Prezidentlar ekspozitsiya bilan tanishar ekan, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirishda bunday ko‘rgazmalar muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etdilar. Ikki mamlakat iqtisodiyot tarmoqlari o‘rtasida hamkorlikning mustahkamlanishi ishlab chiqarish jarayoni takomillashishi va mahsulotlarning yanada ommaviylashishiga xizmat qilishini ta'kidladilar.











Mavzuga oid

21:25 / 09.07.2025
Shavkat Mirziyoyev Toshkent va Yangi Toshkent shahri uchun «Yechimlar atlasi» taqdimoti bilan tanishdi

20:51 / 08.07.2025
Yil boshidan buyon sodir etilgan jinoyatlarning 42 foizini kiberjinoyatlar tashkil qildi

06:15 / 20.08.2023
Shavkat Mirziyoyev Budapeshtda Viktor Orban bilan uchrashuv o‘tkazdi

20:36 / 18.08.2023