Berluskoni Putinga antiqa sovg‘a taqdim qildi
Italiyaning sobiq bosh vaziri Silvio Berluskoni Rossiya prezidenti Vladimir Putinni tug‘ilgan kuni bilan tabriklab, unga antiqa o‘rin yopinchig‘i sovg‘a qildi. Sorriere della Sera italyan nashrining ma'lum qilishicha, yopinchiqda ikki siyosatchining qo‘l siqishib turgan surati qo‘l bilan tikib chiqilgan.

Ta'kidlanishicha, siyosatchilarning orqa fonida Vasiliy Blajyenniy cherkovi va Kolizey suratlari tasvirlangan.
Noodatiy sovg‘a mahalliy kompaniyalardan biri tomondan bajarilgan.
Putin va Berluskoni qalin do‘st hisoblanadi, ular o‘zaro ko‘p marta uchrashgan. Berluskoni Rossiyaning Ukraina bo‘yicha pozitsiyasini qo‘llab-quvvatlagan sanoqli yevropalik siyosatchilardan biri hisoblanadi.
Mavzuga oid

00:17 / 29.05.2025
Tramp Zelenskiy va Putin bilan uchrashishga tayyorligini ma’lum qildi

21:14 / 28.05.2025
“Men bo‘lmaganimda Rossiyaning ahvoli yomon bo‘lardi” - Tramp o‘zgardimi?

09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti

21:34 / 27.05.2025