Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namibiya milliy bog‘ida gippopotamlar qirilib ketdi

Foto: 20 Minutes
Namibiya milliy bog‘ida favqulodda voqea yuz berib, 109ta gippopotam nobud bo‘ldi.
Dastlabki 10ta jonivor 1 oktabr kuni Bvabvata parkida o‘lib qolgan. Qolganlari bir hafta ichida, 2-8 oktabr kunlari nobud bo‘lgan.
Park direktorining o‘rinbosari Appolinaris Kaniinga Namibian nashriga bergan intervyusida, hayvonlar Sibir kuydirgisi sababli o‘lib qolganini aytgan. Ammo park veterinarlari jasadlarni tekshirib chiqqachgina, bu taxminlarga aniqlik kiritilishini bildirgan.
Bundan tashqari, Appolinaris Kaniinga gapiga ko‘ra, bunday voqealar parkda tez-tez yuz berib turadi, ammo gippopotamlar populyatsiyasi tezda o‘zini tiklab oladi.
Mavzuga oid

00:30 / 05.07.2025
Namibiya iqtisodiy tejamkorlik maqsadida davlat dafn marosimlari bekor qilindi

13:36 / 24.03.2025
Namibiyalik ayol o‘ziga hujum qilgan timsohning jag‘larini ochib, qochib ketdi

22:08 / 04.12.2024
Namibiyada birinchi marta ayol kishi prezident etib saylandi

23:27 / 28.08.2024