Putin: MDH davlatlari o‘rtasidagi tovar aylanmasi 75 mlrd dollarga yetdi

Foto: Mixail Mettsel/TASS
Rossiya prezidenti Vladimir Putin MDH davlatlari o‘rtasida iqtisodiy faollikning tiklanganini ta'kidlab o‘tdi. Uning aytishicha, Hamdo‘stlik davlatlari o‘rtasidagi tovar aylanmasi hajmi 25 foizga o‘sib, 75 mlrd dollarga yetgan. Putin bu haqda MDH davlatlari rahbarlari kengashi yig‘ilishida aytib o‘tdi.
Putinning fikricha, MDH davlatlari o‘rtasida tovar aylanmasining yanada barqaror o‘sishini ta'minlash uchun erkin savdo rejimini takomillashtirish, tovarlar harakati yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish, bojxona tartibotlarini soddalashtirish lozim.
Putinning aytishicha, MDHda yillarning nomlanishi amaliyoti davom ettiriladi. Jumladan, 2018 yil MDHda "Oila yili", 2019 yil "Kitob yili" va 2020 yil Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 75 yilligi yili deb e'lon qilinadi.
Putin o‘z nutqi oxirida 2018 yilda MDHda raislik qiluvchi Tojikiston rahbariyatiga omad tilab qoldi va bunda har tomonlama ko‘mak ko‘rsatishga va'da berdi.
Mavzuga oid

22:04 / 22.05.2025
Putin Donbassga bormoqchi. Urush muzokaralari fonida

20:36 / 22.05.2025
Rossiya qo‘shinlari bufer zona yaratish muammosini hal qilmoqda – Putin

23:48 / 20.05.2025
Putin va Tramp muloqoti: bu gal ham hech qanday natija bo‘lmadi

20:09 / 20.05.2025