IShID poytaxti ishg‘ol etildi

Foto: AP
IShID guruhiga mansub terrorchilarning so‘nggi makoni Raqqa shahri bo‘lib turgandi. AP nashrining Bayrutdagi manbasi xabar berishicha, endilikda IShIDning so‘nggi poytaxti ham ishg‘ol etildi.
Mahalliy vaqt bilan soat 14:00da AQSh-Suriya harbiylaridan tashkil topgan ittifoqchilar Raqqa shahridagi terrorchilarning bir nechta qarorgohlariga hujum uyushtirgan. Eng qonli to‘qnashuv markaziy sport stadionida yuz berdi. General Talal Silloning aytishicha, ayni paytda shaharda to‘qnashuvlar to‘xtadi. 22 nafar jangari jang maydonida halok bo‘lgan, o‘nlab jangarilar jarohatlangan.
Silloning xabar qilishicha, tez fursatda terrorchilarning poytaxti hukumat nazoratiga o‘tgani haqida rasmiy bayonot beriladi.
Mavzuga oid

16:19 / 24.05.2025
AQSh Moliya vazirligi Suriyaga qarshi sanksiyalar yumshatilganini e’lon qildi

15:40 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?

23:00 / 20.05.2025
Yevropa Ittifoqi Suriyaga qarshi sanksiyalarini bekor qiladi

21:36 / 20.05.2025