Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Braziliya prezidenti shifoxonaga yotqizildi

Adriano Machado/Reuters
Braziliya prezidenti Mishel Temer harbiy gospitaldagi jarrohlik markaziga yotqizildi. Bu haqda Globo xabar tarqatmoqda.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, uning shifoxonaga yotqizilishi avvalgi xastaliklari bilan bog‘liq emas.
O‘tgan oyda Braziliya prezidentiga nisbatan yangi ayblovlar ilgari surilgandi. U sudlovga to‘sqinlik va reketda ayblangan.
Mazkur ayblovlar ham dunyodagi yirik JBS SA go‘shtni qayta ishlash konserni egalari ko‘rsatmalariga asoslangan. Ular oldinroq Temerni siyosiy ko‘mak evaziga poraxo‘rlik va guvoh sukutini sotib olishga urinishda ayblagandi. Prezidentning o‘zi qonunbuzilishlariga aloqadorligini qat'iyan rad etdi.
Braziliya parlamenti komissiyasi prezidentga nisbatan ayblovlarni qo‘llab-quvvatlamadi.
Mavzuga oid

14:31 / 11.07.2025
Hakerlar Braziliya banklaridan 140 million dollar o‘g‘irladi

14:41 / 07.07.2025
BRICS davlatlari Trampning bojlarini tanqid qildi

11:41 / 07.07.2025
O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi

06:02 / 22.06.2025