Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
19 mln so‘mdan ortiq nafaqa pullarini «yeb» yuborgan mansabdor qo‘lga olindi

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani prokuraturasi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv davomida «Kuyovboshi» MFY mansabdor shaxslari tomonidan ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash hamda to‘lash tartibi qo‘pol tarzda buzilgani aniqlangan.
Mulohaza.uz xabariga ko‘ra, fuqarolarga ikki yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi uchun asossiz ravishda 2016 yil avgustdan 2017 yil iyul oyiga qadar jami 19 356 811 so‘m miqdorda nafaqa pullari tayinlanib, ushbu pullar o‘z manfaatlari yo‘lida ishlatilgan va talon-tarojga yo‘l qo‘yilgan.
Tuman prokuraturasi O‘zbekiston Respublikasi JKning 167-moddasi, 2-qismi «v,g» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atgan.
Mavzuga oid

19:58 / 07.07.2025
Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatida islohotlar natijadorligi bo‘yicha hisobot bilan tanishdi

18:45 / 30.06.2025
Jizzaxda «er kerak» reklama tadbirini uyushtirgan qizlar jarimaga tortildi

19:41 / 10.06.2025
Zominda sel tufayli avtomobil yo‘li yopilib qoldi

10:40 / 07.06.2025