Samolyot yo‘lovchisi salonda 2 kilogramm oltinni unutib qoldirdi
Hindistonning Maduray shahriga uchib kelgan Air India aviakompaniyasi samolyoti salonidan og‘irligi ikki kilogrammni tashkil qiluvchi ikkita oltin yombisi topildi. Bu haqda Times of India nashri xabar tarqatgan.
Gazetaning ma'lumotlariga ko‘ra, sanitariya nazorati xodimlari yombilarni seshanba kuni topishgan. Oltin o‘rindiqlardan birining tagida bo‘lgan qutqaruv jiletiga yashirib qo‘yilgan.
Mahalliy hukumat hisob-kitoblariga qaraganda, yombilar qiymati 77 ming dollardan (besh million rupiy) ko‘proqni tashkil etishi mumkin.
Ayni damda huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari qimmatbaho metallni olib o‘tishga uringan kontrabandachining shaxsini aniqlashmoqda, deb xabar bergan Hindustan Times gazetasi.
Mavzuga oid

21:10 / 13.06.2025
Hindistonda Dreamliner qulashi: aviahalokat sababi nima bo‘lishi mumkin?

18:43 / 12.06.2025
OAV Hindistondagi aviahalokatdan bir kishi omon qolgani haqida xabar berdi

17:07 / 12.06.2025
Shavkat Mirziyoyev samolyot aviahalokati yuzasidan Hindiston rahbariyatiga ta’ziya bildirdi

14:03 / 12.06.2025