Turkiya o‘zining havo hujumiga qarshi mudofaa tizimini yaratmoqchi

Foto:AP Photo / Burhan Ozbilici
Turkiya havo hujumiga qarshi mudofaa (HHQM) tizimini yaratish sohasida Fransiya va Italiya bilan hamkorlik qilgan holda o‘zining shunday tizimlarini yaratmoqchi. Bu haqda Turkiya mudofaa vaziri Nuriddin Janikli ma'lum qildi.
Bryusselda NATO davlatlari mudofaa vazirlarining uchrashuvi doirasida bu uch davlat o‘rtasida HHQM sohasida memorandum imzolandi. Turk OAV xabar berishicha, ushbu kelishuv Eurosam konsorsiumining yangi avloddagi SAMP-T HHQM tizimini birgalikda ishlab chiqarish va Turkiyaga yetkazib berishni nazarda tutadi. Bu tizim qisqa muddatli istiqbolda Turkiya ehtiyojlariga to‘g‘ri keladi.
“Rossiyaning S-400 tizimlari bilan bir qatorda, Fransiya va Italiya bilan SAMP-T raketa majmuasini birgalikda ishlab chiqmoqchimiz. Shu tariqa, biz bu sohadagi kamchiliklarni to‘liqroq bartaraf etishimiz mumkin. Bu loyiha mahalliy HHQM tizimini yaratishga katta hissa qo‘shadi”, deb aytdi Janikli Bryusseldagi matbuot anjumanda.
Qayd etish joizki, Moskva va Anqara Rossiyaning S-400 tizimlarini Turkiyaga yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishgan va shartnoma imzolagan. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning ta'kidlashicha, Anqara bu majmualar uchun birinchi to‘lovni amalga oshirgan.
Mavzuga oid

22:58 / 07.06.2025
Turkiyada sayyohlarning kartasidan 29 mln dollar o‘g‘irlagan guruh a’zolari ushlandi

19:16 / 07.06.2025
Turkiyada qurbonlik qilish chog‘ida 14 ming kishi jarohat oldi

09:54 / 04.06.2025
Bloomberg: "Gazprom" Turkiyadagi gaz habi bo‘yicha rejalarni keyinga qoldirdi

00:40 / 03.06.2025