Tennis bo‘yicha yilning yakuniy musobaqasi finalchilari ma'lum bo‘ldi
Bolgariyalik tennischi Grigor Dimitrov ATR’ning Londonda o‘tayotgan yakuniy musobaqasining ikkinchi finalchisiga aylandi. 26 yoshli tennischi yarim final bahsida amerikalik Jyek Sokni 4:6, 6:3, 6:0 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuv 2 soat davom etgan.
Birinchi yarim finalda belgiyalik Davil Goffen sensatsion ravishda Rojyer Federerni mag‘lub etishga muvaffaq bo‘lgandi. Goffenga afsonaviy Federerni mag‘lub etish uchun 1 soat 45 daqiqa kifoya qildi.

Shu tariqa final bahsida dunyoning 6-raqamli tennischisi Dimitrov va 8-raqamli tennischisi Goffen uchrashadigan bo‘ldi. Final 19 noyabrda bo‘lib o‘tadi.
Dunyoning ayni vaqtdagi 1-raqamli tennischisi Rafael Nadal tizzasidagi jarohat sababli musobaqada ishtirok eta olmadi. Biroq shunga qaramay, Nadal Londondagi musobaqa natijalaridan qat'iy nazar, 10645 ochko bilan mavsumni 1-raqamli tennischi sifatida yakunlaydi.
Mavzuga oid

00:11 / 13.05.2025
Londonda Rossiya josuslik tarmog‘i rahbari 10 yilga qamaldi

10:17 / 10.05.2025
London va Skandinaviya Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi

20:05 / 04.05.2025
BMT sudyasi qullik mehnatiga majburlagani uchun 6 yilga qamaldi

21:50 / 23.04.2025