AQSh qirg‘oqlaridagi «rus arvoh kemasi» OAVni vahimaga soldi
Britaniyada bir necha OAV Kaliforniya qirg‘oqlarida 30-yillarda qurilgan AQSh tankerini xato tufayli «rus arvoh kemasi» deb qabul qilishdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

Avvaliga «topilma» haqida Mirror gazetasi xabar bergan bo‘lsa, keyinchalik The Sun hamda Daily Mail’da ham bu haqda tegishli maqolalar paydo bo‘ldi. Xabarga «arvoh-kemada minglab zaharlangan odamxo‘r kalamushlar» borligi haqidagi ma'lumotlar hamrohlik qilgan.
Shu bilan birga, Britaniya OAV Science Channel kanalining hujjatli filmiga tayangan. Unda kema qoldiqlari Amerika tankeriga tegishli ekani va Kaliforniya qirg‘oqlarida o‘tgan asrning o‘ttizinchi yillaridan beri qolayotgani borasida aniqlik kiritilgan.
Mavzuga oid

09:22 / 23.05.2025
Britaniyalik 500 dan ortiq o‘qituvchi O‘zbekistondagi maktablarga jalb qilinadi

10:39 / 20.05.2025
Britaniya, Fransiya va Kanada Isroilga «aniq choralar» bilan tahdid qildi

13:15 / 13.05.2025
Londonda olti bolgar Rossiya foydasiga josuslik qilganlik uchun qamaldi

01:39 / 12.05.2025