Gulen tashkilotining moliyachisi deb taxmin qilinayotgan shaxs Sudandan Turkiyaga yetkazildi

Foto: illyustrativ foto
Anqara muxolifatchi Fathulla Gulen tashkilotining (FETO) moliyachilaridan biri deb hisoblaydigan tadbirkor Mamduh Chikmaz Sudandan Turkiyaga yetkazildi. Bu haqda Anadolu axborot agentligi xabar bermoqda.
Turkiya hukumati FETO’ni mamlakatdagi davlat to‘ntaruviga aloqadorlikda ayblab keladi. Gulenning o‘zi to‘ntaruvni qoralab, unga qo‘yilgan ayblovlarni rad etgan.
Turkiya xavfsizlik kuchlaridagi manbaning ma'lum qilishicha, Chikmazning qo‘lga olinishi Turkiya milliy razvedka tashkiloti huzuridagi FETO bo‘yicha maxsus guruh tomondan amalga oshirilgan. Chikmazning qayerdaligi 2 oy avval o‘rnatilgan. Gumonlanuvchi yashirin kvartirada ushlanib, so‘roq qilingan.
Chikmaz barcha huquqiy tartibotlar amalga oshirilgandan keyin Turkiyaga yetkazilgan. Uning qo‘lga olinishi va Turkiyaga yetkazilishi Sudan milliy razvedka va xavfsizlik xizmati ko‘magida o‘tgan.
Chorum shahrida yashagan, bir nechta AYoQSh va g‘isht zavodiga ega bo‘lgan Chikmaz Sudanga 2016 yil yanvarida qochgan. Turkiya xavfsizlik kuchlaridagi manba ma'lumotlariga ko‘ra, u Gulen tarafdorlari hisob raqamlariga Chorum viloyati tadbirkorlaridan “o‘lpon” sifatida olingan millionlab dollarlarni o‘tkazib bergan.
Mavzuga oid

11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi

17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi

15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi

21:12 / 23.05.2025