Sumo bo‘yicha buyuk chempion yosh polvonni planshet bilan kaltakladi va unvonidan voz kechdi

Foto: EPA
Sumo bo‘yicha buyuk chempion Xarumafudzi yekodzuna oliy unvonidan bosh tortdi hamda yosh sumochi Takanoiva kaltaklangani uchun mas'uliyatni o‘z zimmasiga oldi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
«Men Takanoivaga jarohat yetkazganimdan afsusdaman. O‘z bo‘ynimga mas'uliyatni olmoqchiman hamda yekodzuna sifatida iste'foga chiqmoqchiman. Bu ishga aralashib qolgan barchadan keltirilgan noqulayliklar uchun chin dildan uzr so‘rayman», - deya aytib o‘tdi Xarumafudzi jurnalistlarga.
Avvalroq mo‘g‘ulistonlik sportchilar uchun qo‘shma tadbir vaqtida buyuk chempionga Takanoivaning o‘zini tutishi yoqmagani, hamda uning boshiga shisha butilka bilan urgani, keyin esa qo‘llari bilan zarbalar bergani ma'lum bo‘lgandi. Uni hattoki o‘sha yerda bo‘lgan yekodzunlar Xakuxo hamda Kakuryu ham to‘xtata olmagan.
Matbuotga ma'lum bo‘lishicha, Xarumafudzi tergov davomida Takanoivani kaltaklaganini tan oldi, biroq iddao etilganidek, u buni shisha butilka bilan emas, balki karaokeda qo‘shiqlar tanlashga mo‘ljallangan planshet yordamida qilganini aytgan.