Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gruziyalik kishining chemodanidan ayol kishi chiqdi

Foto: © Hurriyet Daily New
Sarp chegara nazoratidan o‘tish punktida kutilmagan voqea yuz berdi. Gruziya fuqarosi o‘zining shubhali xatti-harakatlari bilan chegarachilar diqqatini tortdi: u asabiylashar, hadeb yon-atrofga qarar va bojxonadagi navbatini o‘tkazib yuborishiga oz qoldi. Hurriyet Daily New shu haqida xabar berdi.
Barchasi joyida ekaniga ishonch hosil qilish uchun chegarachilar yo‘lovchidan tekshiruv uchun chemodanni ochishni so‘rashdi. Uning ichidan Gruziyaning 22 yoshli fuqarosi chiqib kelganida chegarachilar hayratga tushishdi.
Hozirda politsiya ikki fuqaroni ham qo‘lga olgan, ular so‘roq qilinmoqda.
Bundan avval xuddi shu chegara nazorati punktidan Gruziya fuqarosi o‘z mamlakati hududiga Turkiyada sudlangan rossiyalik ayolni olib o‘tishga uringan.
Mavzuga oid

13:43 / 07.07.2025
Salkam 900 mln so‘mlik noqonuniy zargarlik buyumlari savdosi fosh etildi

12:18 / 04.07.2025
Zargarlik buyumlarini noqonuniy tarzda olib kirmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

12:00 / 23.06.2025
Aeroportda tanasiga 250 gramm quyma oltinni yashirib olib o‘tayotgan shaxs ushlandi

13:07 / 11.06.2025