AQSh transport infratuzilmasini tiklash uchun trillion dollar sarflamoqchi

Foto: Foto: Kevin Dietsch / ZUMAPRESS.com / Globallookpress.com
AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyati 2018 yil yanvarda mamlakatdagi transport infratuzilmasini tiklash bo‘yicha dasturni taqdim qilmoqchi. Bu maqsadlar uchun bir trillion dollar sarflanadi, deb xabar bermoqda The Wall Street Journal nashri.
Tramp maslahatchilari infratuzilmani tiklash uchun federal byudjyetdan 200 mlrd dollar ajratilishini taklif qilishmoqda. Qolgan 800 mlrd dollar esa xususiy sarmoyachilar va hududiy hokimiyatlar tomonidan ajratilishi kerak. Buning uchun ma'muriyat federal byudjyetdagi qolgan moddalar bo‘yicha xarajatlarni qisqartiradi.
WSJ’ning yozishicha, AQSh kongressi Tramp jamoasining bu tashabbusini ma'qullamasligi mumkin, chunki bunday qadam mamlakat byudjyeti taqchilligini yanada ko‘paytiradi. Biroq Tramp atrofidagilar boshqacha fikrdalar. Ular bu dastur AQSh aholisi tomondan qo‘llab-quvvatlanishiga ishonmoqdalar.
Mavzuga oid

11:10
Sud Trampning Ta’lim vazirligini yopishga urinishini blokladi

21:45 / 23.05.2025
Tramp Yevropa Ittifoqiga 50 foizlik bojlar joriy etish rejasini e’lon qildi

20:03 / 23.05.2025
Rimda AQSh va Eron o‘rtasida yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralar boshlandi

11:13 / 23.05.2025