Ho‘l meva-sabzavotlar oldindan to‘lov bilan, quritilganlari oldindan to‘lovsiz xorijga eksport qilinadi - VM qarori

Foto: O‘zA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 14 dekabrdagi №984-sonli «Yangi uzilgan va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qarori qabul qilindi.
Nizomning 2-bobi 3-bandiga ko‘ra, yangi uzilgan meva-sabzavot mahsulotlari jo‘natiladigan mahsulot qiymatining oldindan xorijiy valyutadagi 100 foiz to‘lovi eksport qiluvchilar tomonidan olinganda to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha eksport qilinadi.
Bunda «O‘zagroeksport» AJga yangi uzilgan meva-sabzavot mahsulotlarini quyidagi shartlarda eksport qilishga ruxsat beriladi:
- Jo‘natiladigan meva-sabzavot mahsulotlari qiymatining oldindan kamida 30 foizi to‘langanda, qolgan qismi uchun esa tasdiqlangan bank akkredetivi ochiladi va birinchi toifali xorijiy bank kafolati rasmiylashtiriladi;
- «O‘zagroeksport» AJning xorijda ochilgan savdo uylari, shuningdek, ishonchli va uzoq muddatli sheriklar hisoblangan yetakchi xorijiy import qiluvchi tashkilotlarga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha oldindan to‘lovsiz, tasdiqlangan bank akkreditivini ochmasdan yoki birinchi toifali xorijiy bank kafolatini rasmiylashtirmasdan;
Eksport qiluvchilar tashqi bozorlarga yangi uzilgan meva-sabzavot mahsulotlarini «O‘zgaroeksport» AJ bilan tuziladigan vositachilik shartnomasi asosida ushbu (3-) bandning uchinchi va to‘rtinchi xatboshilarida qayd etilgan shartlar bo‘yicha yetkazib berishlari mumkin.
4. Quritilgan va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlari eksport qiluvchilar tomonidan, shu jumladan «O‘zagroeksport» AJ tomonidan oldindan to‘lovsiz, tasdiqlangan bank akkreditivini ochmasdan yoki bank kafolatini rasmiylashtirmasdan, eksport kontraktlari siyosiy va tijorat tavakkalchiliklaridan sug‘urtalash polisisiz xorijiy valyutada eksport qilinishi mumkin.
5. Eksport qiluvchining ilgari eksportga yetkazib berish bo‘yicha muddati o‘tgan debitorlik qarzi bo‘lsa, tovarlarni faqat muddati o‘tgan debitorlik qarzi mavjud bo‘lgan xorijiy xaridor uchun olib chiqishga ruxsat etilmaydi.
Tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitorlik qarzdorlik paydo bo‘lishi uchun bevosita tadbirkorlik sub'yektlari javobgar bo‘ladi.
6. Eksport qiluvchilar eksport kontrakti (shartnomasi) tuzmasdan quyidagi shartlarga rioya qilgan holda invoys asosida meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish huquqiga ega:
- yetkazib berish summasi eksport bojxona deklaratsiyasini rasmiylashtirish kunida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi bo‘yicha 20 ming AQSh dollari ekvivalentidan oshmaganda;
10. Eksport kontraktlari Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasining, muntazam faoliyat ko‘rsatuvchi meva-sabzavot maydoni yarmarka savdolari yakuni bo‘yicha yuzaga keladigan o‘rtacha narxlar hisobga olingan holda hamda jahon bozorlaridagi narxlar kon'yunkturasidan kelib chiqib, talab va takliflar asosida shakllanadigan bozor narxlari bo‘yicha tuziladi.
11. «O‘zagroeksport» har hafta meva-sabzavot mahsulotlari uchun eksport narxlar darajasi to‘g‘risidagi axborotni ommaviy axborot vositalari va o‘zining rasmiy veb-saytida e'lon qilib boradi.
Bundan eksport kontraktlari kontrakt tuzilgan kunda «O‘zagroeksport» AJ e'lon qilgan narxlardan past bo‘lmagan narxlar bo‘yicha tuziladi.
Ushbu qarorning 2-ilovasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan. Jumladan, xorijga olib chiqib ketilgan tovarlar bo‘yicha valyuta tushumlari kechiktirilganda soliq organlari tomonidan qo‘llaniladigan sanksiyalar miqdori ko‘rsatib o‘tilgan.
Mavzuga oid

13:08 / 24.02.2025
Polsha yuqori sifatli meva-sabzavot urug‘larini sinov tariqasida O‘zbekistonda yetishtiradi

16:21 / 24.01.2025
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qadoqlash xarajatlarining bir qismi qoplab berilishi mumkin

14:51 / 13.01.2025
51 ta tumanda meva-sabzavotlarni shok usulida muzlatish yo‘lga qo‘yiladi

08:22 / 30.05.2024