O‘zbekistondan moddiy boyliklarni olib chiqib ketgan qrimlik ayolga shartli jazo belgilandi
O‘zbekistondan muzey qimmatliklarini olib chiqib ketgan qrimlik ayol shartli ravishda uch yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda 20 dekabr kuni Rossiya Tergov qo‘mitasining Qrim bo‘yicha bosh tergov boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
«Tergovning barcha dalillarini inobatga olgan holda, sud O‘zbekistondan muzey qimmatliklarini olib chiqib ketgan qrimlik ayolga uch yilga ozodlikdan mahrum qilish ko‘rinishida jazo tayinladi, u shartli ravishda qo‘llanildi. Madaniy boyliklar hukm qonuniy kuchga kirganidan keyin O‘zbekiston Respublikasiga qaytariladi», - deyiladi xabarda.
Tergov ma'lumotlariga ko‘ra, qrimlik ayol O‘zbekistonning vakolatli organlaridan ruxsat olmagan holda, umumiy qiymati 1,2 mln rubl bo‘lgan muzey qimmatliklarini Qrimga konteynerda jo‘natib yuborgan. Konteynerni tekshirish chog‘ida bojxonachilar va Rossiya Federal xavfsizlik xizmati xodimlari arab tilidagi 29 ta qo‘lyozma, shuningdek 16 ta keramik buyumni topishgan. Qrimlik ayol muzey qimmatliklarini olib kirishga ham ruxsat olmagan.
Ayol Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 226.1-moddasi 1-qismi bo‘yicha (Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi doirasida Bojxona ittifoqi bojxona chegarasi orqali yirik miqdordagi madaniy boyliklarni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) sudlandi. U shu yilning 3 noyabrida qo‘lga olindi. Ish 5 dekabr kuni sudga berildi.

Mavzuga oid

08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi

17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi

14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi

13:00 / 12.05.2025