Foto: Lukaku o‘yin vaqtida hushidan ketdi
Angliya chempionatining 21-turi doirasida «Manchester Yunayted» va «Sauthempton» uchrashuvi vaqtida ko‘ngilsiz voqea ro‘y berdi.
O‘yinning 8-daqiqasida mezbonlar hujumchisi Romelu Lukaku to‘p uchun kurashda raqib himoyachisi Xudt bilan to‘qnashib ketdi va hushini yo‘qotib gazonga quladi. Unga tibbiy yordam ko‘rsatish uchun chiqib kelgan shifokorlar oxir-oqibat uni zambilda ko‘tarib maydondan olib ketishdi.
Ushbu to‘qnashuv tufayli o‘yin 6 daqiqaga to‘xtab qoldi, Lukakuning o‘rniga o‘yinni Markus Reshford davom ettirdi.






Mavzuga oid

12:05 / 22.05.2025
«Tottenhem» finalda «MYu»dan ustun keldi va mavsumni qutqarib qoldi

15:13 / 21.05.2025
«MYu» yoki «Tottenhem»: ikkinchi darajali yevrokubok kimga ko‘proq kerak?

18:52 / 01.05.2025
«To‘rt og‘ayni botirlar». Yevropa ligasi yarimfinallari oldidan

11:41 / 18.04.2025