Isroil nuqta qo‘ymoqda: Falastin davlati hech qachon tuzilmasligi mumkin

Foto: Reuters
Isroil parlamenti seshanba kuni Al-Quds shahrini Falastin tomonidan nazorat etishda vaziyatni qiyinlashtirib yuboruvchi qonun loyihasini qabul qildi. Shuning bilan Falastin davlatchiligini tuzish borasidagi muzokaralar ham murakkablashib borishiga ishora qilinmoqda.
Reuters agentligining xabar berishicha, 120 ta o‘ringa ega Knessetning a'zolaridan 80 nafari Al-Quds shahrining bir qismini «xorijiy partiyaga» taqdim etish haqidagi qonunning qabul qilinishiga rozi bo‘lgan. Bu so‘zlar zamirida shahar nazoratini amalga oshiruvchi mahalliy organni aniqlash imkoniyati borligi yotmoqda.
Ayni qonun loyihasi bilan Isroil uzoq yil davom etib kelayotgan siyosiy muzokaralarga nuqta qo‘yishi mumkinligini bildirmoqda. Ya'ni, 1967 yil Sharqiy Al-Quds shahri Isroil politsiyasi tomonidan anneksiya qilinganidan so‘ng, jahon hamjamiyati ushbu harakatlarning noqonuniy ekanini e'tirof etgandi. Arab-Isroil mojarosida Al-Quds shahrining xalqaro betaraflik maqomi muhim ahamiyatga ega. Afsuski, Knesset a'zolari bu omilni yo‘qqa chiqarishga urinishi besamar ketmayapti.
Eslatib o‘tamiz, 2017 yil 6 dekabr kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Al-Quds shahrini Isroil poytaxti, deb tan olgandi. BMT Bosh Assambleyasida esa AQSh ushbu qarori qattiq tanqid qilindi.
Tavsiya etamiz
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Isroil gumanitar yordam yuklangan 3000 ta yuk mashinasining G‘azoga kirishini to‘sib qo‘ydi
Jahon | 08:15
-
Farg‘onada bank mas’ullari va hokim yordamchilarining qing‘ir ishlari aniqlandi
Jamiyat | 08:00
-
«Pautina» operatsiyasi aniq tarix darsliklariga kiritiladi - Zelenskiy
Jahon | 00:20
-
Germaniyada maktab o‘quvchilariga «erta pensiya» tayinlash taklifi ilgari surildi
Jahon | 23:06 / 01.06.2025
Mavzuga oid

08:15
Isroil gumanitar yordam yuklangan 3000 ta yuk mashinasining G‘azoga kirishini to‘sib qo‘ydi

16:38 / 01.06.2025
Isroil tanklari G‘azodagi yordam tarqatish markazini o‘qqa tutdi: 26 kishi halok bo‘ldi

14:42 / 31.05.2025
Rossiya TIV: AQSh Isroilni Falastin davlatini yaratish istiqbollarini yo‘q qilishda qo‘llab-quvvatlayapti

14:14 / 31.05.2025