NASA dunyodagi harorat anomaliyalari xaritasini ko‘rsatdi

NASA sayyoradagi harorat anomaliyalari xaritasini e'lon qildi.
Dekabr oxiri va yanvar boshi Kanada hamda AQShning aksariyat mintaqalari aholisini o‘tgan yillar bilan taqqoslaganda ancha kuchli sovuq harorat bilan hayratga soldi.
Shu bilan birga, AQSh g‘arbi, Alyaska, Yevropa va Osiyoda bahoriy ob-havo kuzatilmoqda. Bu qish fasli bo‘lishiga qaramay yuz bermoqda, deyiladi kosmik agentlik hisobotida.
O‘zbekiston NASA harorat rekordlari xaritasida Osiyodagi noodatiy iliq ob-havo hududiga kirdi.
Xarita 2017 yilning 26 dekabridan 2018 yilning 2 yanvariga qadar bo‘lgan ma'lumotlar asosida tuzildi. Ular 2001-2010 yillardagi ko‘rsatkichlar bilan taqqoslangan.
Mavzuga oid

17:14 / 17.05.2025
NASA afsonaviy Voyager zondini 25 milliard kilometr masofadan ta’mirlashga muvaffaq bo‘ldi

01:03 / 08.05.2025
NASA 2026 yilda Marsga raketa uchirishi mumkin

11:17 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi

23:59 / 03.05.2025