Soliq va bojxona kodekslarining yangi tahrirdagi loyihalari ishlab chiqiladi

Foto: Dreamstime
2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasi e'lon qilindi.
Dasturning III bobi «Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari» deb nomlangan. Uning Soliq yukini kamaytirish va soliqqa tortish tizimini soddalashtirish siyosatini davom ettirish, soliq va bojxona ma'muriyatchiligini takomillashtirish va tegishli rag‘batlantiruvchi choralarni kengaytirish bo‘limida amalga oshirilishi mo‘ljallanayotgan quyidagi chora-tadbirlar belgilab olinmoqda.
Jumladan, Soliq ma'muriyatchiligi va nazoratini tashkil etish tartibi va metodologiyasini tubdan takomillashtirish, ushbu tizimni ilg‘or xalqaro standartlar talablariga muvofiqlashtirish yuzasidan Normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi. Loyiha bilan Soliq qonunchiligini takomillashtirish konsepsiyasi tasdiqlanadi. Kontseptsiyada, xususan, 2018 yil 1 maygacha Soliq kodeksining yangi tahrirdagi loyihasini ishlab chiqish nazarda tutilgan.
Bojxona qonunchiligini tubdan takomillashtirish, ushbu tizimni ilg‘or xalqaro standartlar talablariga muvofiqlashtirish uchun Normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi va bu loyiha bilan Bojxona qonunchiligini takomillashtirish konsepsiyasi tasdiqlanadi. Kontseptsiyaga ko‘ra, 2018 yil 1 martgacha Bojxona kodeksining yangi tahrirdagi loyihasini ishlab chiqish belgilanmoqda;
Mavzuga oid

21:27 / 23.05.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston 4 ta chegara postida yuk avtomobillari harakatini yo‘lga qo‘ymoqchi

22:43 / 20.05.2025
DXX Qozog‘istondan olib kirilgan 1 mln dollarlik sintetik giyohvandlik vositalarini aniqladi

09:10 / 07.05.2025
Chegarada fuqaro tanasidan 1,3 mlrd so‘mlik oltin quymalar aniqlandi

22:43 / 23.04.2025