Tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq jinoyat ishlari viloyat prokurori roziligi bilan qo‘zg‘atiladi

Foto: iStock Photos
1 aprelga qadar, surishtiruv va dastlabki tergov jarayonida tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlari himoyasini ta'minlash uchun sohaga o‘zgartirish kiritilmoqda. Bu haqda 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturi loyihasida e'lon qilindi.
9 yanvardan keng jamotchilik muhokamasiga qo‘yilgan «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili» davlat dasturi loyihasida ta'kidlanishicha, tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq jinoyat ishlarini viloyat va unga tenglashtirilgan prokuror roziligiga asosan qo‘zg‘atish tartibi belgilanadi.
Eslatib o‘tamiz, 2017 mart oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakili instituni tashkil etish qarori imzolangandi. Shundan so‘ng, Oliy Majlis a'zolari tomonidan Biznes ombudsman tashkil etilishi ma'qullangan.
Mavzuga oid

11:21 / 06.02.2025
Tergov sudyalari ish boshladi. Endi prokurorlar sanksiya olishga qiynaladimi?

17:32 / 30.01.2025
Soliq qo‘mitasi tadbirkorlarni tekshirish samaradorligi bo‘yicha eng yomon tashkilot deb topildi

20:20 / 20.01.2025
Nodavlat OTMlarga norasmiy “soliq” solish davom etayotgani aytilmoqda. Vazirlik buni rad etdi

11:04 / 17.01.2025