O‘zbekistonda «iste'mol savatchasi» 1 iyulga qadar ishlab chiqiladi

Foto: Fotolia
13 yanvar kuni Toshkent shahridagi «Taraqqiyot strategiyasi» markazida iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha press-brifing muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
Kun.uz muxbirining xabar berishicha, muhokamada Iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari Mubin Mirzayev «davlatning iqtisodiyotdagi ulushini kamaytirish va ayrim xizmatlarni xususiy sektorga berilishi» haqida ma'lum qildi.
«Asosiy masala davlat-xususiy sherikchilik shaklining huquqiy asosini yaratish zarur. Ayni paytda bunda normativ hujjatlar joriy yilning birinchi choragida ishlab chiqilishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, agrar sohada ham birmuncha islohotlar amalga oshirilishi nazarda tutiladi: paxta yetishtirishda bozor iqtisodiyoti qonunlariga bo‘ysungan holda, klaster tizimini keng targ‘ib qilamiz», deya ta'kidladi u.
Shuningdek, O‘zbekistonda yashash minimumi yoxud «iste'mol savatchasi» ishlab chiqiladi. Ana shu hisobdan kelib chiqib, aholi daromadlarini yashash minimumidan kam bo‘lmasligi ta'minlanadi.
«Ayni shu masala joriy yilning 1 iyuliga qadar bajarilishi rejalashtirilgan», deb qo‘shimcha qildi M.Mirzayev.
Mavzuga oid

18:06 / 13.06.2025
O‘zbekiston MDHning islomiy moliya markaziga aylanish potensialiga ega - ekspertlar bilan suhbat

10:23 / 12.06.2025
Jahon iqtisodiyotini 2008 yildan beri eng sekin o‘sish kutmoqda - Jahon banki

14:42 / 06.05.2025
O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritilgan investitsiyalar hajmi 20 foizga oshdi

16:15 / 02.05.2025