Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 21:43 / 19.01.2018
60357
2 daqiqa o‘qiladi
Ichki ishlar organi xodimi fuqarolarga qanday murojaat qilishi kerak?

Foto: KUN.UZ
"Ichki ishlar organlari to‘g‘risida"gi qonunning 8-moddasiga muvofiq, ichki ishlar organi xodimi fuqarolarga murojaat qilganida quyidagilarga rioya qilishi kerak:
- o‘z lavozimi, unvoni, familiyasi, ismi, otasining ismini aytishi, fuqaroning talabiga ko‘ra xizmat guvohnomasini ko‘rsatishi, shundan so‘ng murojaat qilishining sababi va maqsadini ma'lum qilishi;
- fuqaroga nisbatan uning huquq va erkinliklarini cheklovchi choralar qo‘llanilgan taqdirda, bunday choralar qo‘llanilishining sababi hamda asoslarini, shuningdek fuqaroning shu munosabat bilan yuzaga keladigan huquqlari va majburiyatlarini unga tushuntirishi shart;
- Ichki ishlar organi xodimi fuqaro unga murojaat qilgan taqdirda, o‘z lavozimi, unvoni, familiyasi, ismi, otasining ismini aytishi, uni diqqat bilan eshitishi, o‘z vakolatlari doirasida tegishli choralar ko‘rishi yoxud qo‘yilgan masalani hal etish kimning vakolatiga kirishini tushuntirishi shart.
Manba: Huquqiy axborot telegram kanali
Mavzuga oid

13:53 / 11.07.2025
Fuqarolarni yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi belgilandi

18:28 / 14.03.2024
Tezkor-qidiruv tadbirlarini kibermakondan foydalangan holda o‘tkazishga ruxsat berildi

22:14 / 03.10.2019
Turkiyadagi vatandoshimiz fojiasi yoxud konsullik fuqarolarimizga hayotligida ko‘mak ko‘rsatish uchun tashkil etilgan emasmi?

17:27 / 08.02.2019